Bosch — 1.5 Xavfsiz o'rnatish

Xavfsizlik uz 1.5 Xavfsiz o'rnatish OGOHLANTIRISH ‒ Tok urish xavfi! Malakasiz o'rnatish sababli, qurilma xavf manbaiga aylanish mumkin. ▶ Qurilmani ulash va ishlatishda firma plitasidagi ma'lumotlarga rioya qiling. ▶ Qurilmani o’zgaruvchan tok elektr tarmog’iga faqatgina qoidalarga muvofiq o'rnatilgan erga ulangan elektr rozetkasi orqali ulash mumkin. ▶ uydagi kabeldagi erga ulash tizimi qoidalarga muvofiq o'rnatilgan bo'lishi kerak. ▶ Qurilmani tashqi kalit bilan jihozlash taqiqlanadi, masalan, taymer yoki masofadan boshqarish.

▶ Qurilma o'rnatilganda tarmoq kabelining vilkasidan erkin foydalanish imkonini ta'minlash kerak, agar erkin foydalanish imkoni bo'lmasa, o'rnatish shartlariga ko'ra, maxsus ajratuvchi qurilma o'rnatilgan bo'lishi shart. ▶ O‘rnatish paytida elektr shnuri qisilib qolmaganiga va shikastlanmaganiga amin bo‘ling. Tarmoq kabelining shikastlangan izolatsiyasi xavf manbai hisoblanadi. ▶ Elektr kabelining issiqlik manbalariga yaqin joylashishiga hech qachon yo ʻ l qo ʻ ymang. OGOHLANTIRISH ‒ Portlash xavfi bor! Agar jihozning shamollatish teshiklari yopilgan bo'lsa, sovutgich oqadigan bo'lsa, yonuvchan havo / gaz aralashmasi paydo bo'lishi mumkin.

▶ Asbob korpusidagi yoki o'rnatilgan korpusdagi shamollatish teshiklariga to'sqinlik qilmang. OGOHLANTIRISH ‒ Yong'in xavfi! Uzaytirilgan quvvat simi va sertifikatlanmagan perexodniklardan foydalanish xavfli. ▶ Ko ʻ p tomonli rozetkalar va uzatma kabelidan foydalanmang. ▶ Faqat ishlab chiqaruvchidan sotib olingan perexodniklar va quvvat simlaridan foydalaning. 113