samsung BWC2405 — Samsung BWC2405 Air Conditioner User & Service Manual

а) agar shaxsiy (maishiy, oilaviy) ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan buyum tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, bevosita mo‘ljallangan maqsadiga mos bo‘lmagan boshqa maqsadlarda ishlatilgan bo‘lsa; b) Foydalanuvchi qo‘llanmasi hamda buyum jamlamasida xaridorga beril­ adigan boshqa hujjatlarda bayon etilgan buyumni o‘rnatish va ishlatish shartlari buzilgan bo‘lsa; c) agar mahsulotda malakasiz ta’mirlash izlari aniqlansa ( original bo’lmagan qismlardan foydalanish, mahsulotni ochish va ta’mirlash jaroy­ anlari vakolatga ega bo’lmagan ishlab Chiqaruvchi tomonidan bo’lsa); d) agar nuqson buyumning konstruktsiyasi yoki sxemasining o‘zgartiri- lishi, Ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilmagan tashqi qurilmalarni ulash oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa; e) agar nuqson yengib bo‘lmas kuch ta’sirida, baxtsiz hodisalar, iste’molchi yoki uchinchi shaxslarning qasddan yoki ehtiyotsiz sodir etgan hatti-harakatlari oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa; f) buyum iste’molchiga topshirilganidan so‘ng:

namlik, yuqori yoki past harorat, zanglash, oksidlanish ta’sirida, buyumning ichiga yot jismlar, moddalar, suyuqliklar, hasharotlar yoki hayvonlarning tushib qolishi nati­ jasida paydo bo‘lgan mexanik shikastlar aniqlansa; g) audio-video kallaklar, turli xildagi tashuvchilardan axborotni o‘qish yuritmalari tozalanishi lozim bo‘lsa; h) agar shikast (kamchilik)lar kompyuter viruslari va ularga o‘xshash das­ turlarning ta’sirida; buyumga parollar (kodlar)ni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki olib tashlash; avvaldan o‘rnatilgan DTni modifikatsiyalash va(yoki) qayta o‘rnatish; yot ishlab chiqaruvchilarning (asl bo‘lmagan) DTni o‘rnatish va ishlatish; qattiq magnit disklarni formatlash; xizmat kodlarini qo‘llash ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lsa; i) agar nuqson buyumdan foydalanish davrida tabiiy yeyilish oqiba­ tida vujudga kelgan bo‘lsa.

Bu holda tabiiy yeyilish deganda mazkur buyumni uzoq vaqt ishlatish mobaynida uning texnikaviy holati va tashqi ko‘rinishining yomonlashuvini keltirib chiqargan buyumdan foydalanish oqibatlariga aytiladi; j) agar shikastlar (kamchiliklar) ta’minlovchi, kabel, telekommunikatsiya tarmoqlarining, jumladan, yerning past-balandligi va shu kabi tashqi omil­ lar ta’sirida radiosignalning pastligi sababli standartlarga yoki texnik regla­ mentlarga mos kelmasligi, buyumdan tarmoq ta’sir zonasining chegara­ sida yoki undan tashqarida foydalanish oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa; k) agar kamchiliklar nostandart (asl bo‘lmagan) va (yoki) sifatsiz (shikast­ langan) sarf materiallaridan, ashyolardan, zahira qismlardan, ta’min elementlaridan, turli xildagi axborot tashuvchilaridan (jumladan, ammo shu bilan cheklanib qolmasdan, audio-video kassetalar, CD, DVD disklar, xotira kartalari, SIM kartalar, kartrijlar) foydalanish oqibatida yuzaga kel­ gan bo‘lsa; l) agar kamchiliklar mos tushmaydigan kontent (kuylar, grafikali, video va boshqa fayllar, Java dasturlari va shu kabi dasturlar)ni olish, o‘rnatish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa; m) agar buyumning belgili yorliqlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘rilangan yoki o‘chirilgan bo‘lsa hamda bunday yorliqlar yo‘q bo‘lgan taqdirda; n) agar professional displey (LFD) uchun tasdiqlanmagan himoya qutisi ishlatilganbo’lsa; o) yo’riqnomada yoki mahsulot bilan bog’liq foydalanuvchi qo’llanmasida mavjud bo’lgan ishlatish yoki texnik xizmat ko’rsatish ko’rsatmalariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga keladigan har qanday zarar.

6. Bu mahsulotdan (TV; Monitor) tijorat va ishbilarmonlik muhitida foydalin­ ish taqiqlanadi va quyidagi cheklovlardan iborat bo`ladi: foyda yoki moliyaviy daromad bilan foydalanish, klub, bar va restoranlarda ochiq dasturda namoish etish, va har qanday tijoratda foydalanish yoki uzoq muddatli hamda to`xtovsiz ОБРАЗЕЦ 63